Dam olish kunlari qanday ob-havo boʻlishi kutilmoqda?

E’lon qilingan sana· 373
Dam olish kunlari qanday ob-havo boʻlishi kutilmoqda?

Toshkent shahrida 31-yanvar 1-fevral kunlari yomgʻir yogʻishi va tumanli ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.

Shanba kun ertalab tuman tushadi va biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi −1…+1 daraja, kunduzi +8…+10 daraja, sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3−8 m/s tezlikda esadi.

Yakshanba kunlari havo harorati kunduzi +12…+14 daraja, kechasi +3…+5 daraja bo‘ladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling