Toshkentda yangilangan Forum Business Center ishbilarmonlik maydoni ochildi

Forum Business Center to‘liq rekonstruksiya qilindi va endilikda ofislar ijaraga berishga tayyor. Biznes markaz Toshkent shahar, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16 manzilida joylashgan. Moʻljal: Mustaqillik maydoni.
Markazda xodimlar uchun qulay va samarali ish muhitini ta’minlovchi infratuzilma boʻlib, unda kafedan tortib, restoran, kutubxona, go‘zallik saloni, fitness-kompleks va zamonaviy konferens-zalgacha mavjud. Barcha imkoniyatlar xodimlarga vaqtni tejash va samarali ishlash imkonini beradi.

6-dan 12-qavatgacha bo‘lgan ofislar tayyor ta’mir va mebellar bilan ijaraga beriladi, bu esa kompaniyalarga darhol ish boshlash imkoniyatini taqdim etadi. Ijara shartlari moslashuvchan, turli biznes ehtiyojlariga mos ofis variantlari mavjud.

Forum Business Center — qulay joylashuv, puxta o‘ylangan infratuzilma va ijarachilar uchun tayyor yechimlarni birlashtirgan zamonaviy biznes muhiti.
Telefonlar: (+998) 93−181−1111, (+998) 55−507−5555.
Reklama huquqlari asosida.