"Jannat 2: Onamga maktub" filmi 19-fevraldan kinoteatrlarda namoyish etiladi

Qirgʻizistonlik kino ijodlarining “Jannat onalar oyogʻi ostida” filmining mantiqiy davomi — “Jannat 2: Onamga maktub” kartinasining rasmiy treyleri e’lon qilindi.
Ta’kidlanishicha, “Jannat 2: Onamga maktub” filmi birinchi qismda boshlangan dramatik va yurakka yetib boruvchi voqeani davom ettirib, uning mohiyatini chuqurlashtiradi va kengaytiradi. Voqea markazida avvalgidek onalik mehri, ruhiy va insoniy qadriyatlar turadi — bu mavzular qahramonlar taqdiri orqali yorqin ifodalangan.

Film rejissyori Ruslan Akun hisoblanadi. Filmda voqealar endi qisman Rossiyada ham sodir boʻladi. Aktyorlar safiga rossiyalik mashhur komik Aleksey Sherbakov ham qoʻshilgan.

Ikkinchi qismda tomoshabin boshidan kechirgan sinovlar qahramonlarni qanday o‘zgartirganini, ularning o‘tmishga, o‘z harakatlariga va yaqinlari bilan bo‘lgan munosabatlariga boshqacha nigoh bilan qaray boshlaganini ko‘radi.
Voqealar yanada ko‘p qatlamli bo‘lib, shaxsiy fojialarga do‘stlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash mavzulari ham qo‘shiladi. Aynan mana shu do‘stlik qahramonlarga qiyinchiliklarga bardosh berishda yordam beradi. Ularning yo‘lida turli uchrashuvlar sodir bo‘ladi — ayrimlari tasodifiy, ayrimlari esa taqdiriy bo‘lib, ularning har biri voqealarning keyingi rivojiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Filmning rasmiy treyleri ham e’lon qilindi.
Film 19-fevraldan boshlab kinoteatrlarda oʻzbek tilidagi dublyaj bilan namoyish etiladi. Chiptalarni Afisha.uz orqali olish mumkin boʻladi.
"Jannat onalar oyogʻi ostida" nega bunchalik mashhur boʻldi? Filmga taqriz
Afisha.uz muharriri salkam ikki yarim soatli filmni tomosha qildi va quyida oʻz fikrlari bilan boʻlishadi. Ehtiyot boʻling, spoylerlar boʻlishi mumkin.