Fotosayr: Mirzo Ulug‘bek xiyoboni

Buyuk olim Mirzo Ulug‘bek nomi bilan ataluvchi ushbu xiyobon (skver) shaharning osoyishta nuqtalaridan biridir. Bu yerdagi keng yo‘laklar, salobatli daraxtlar va olimning haykali o‘ziga xos muhit yaratadi.
Xiyobonning asosiy afzalliklaridan biri o‘rindiqlarning ko‘pligida bo‘lib, xohlagan joyingizda o‘tirib, shahar shovqinidan dam olishingiz, kitob o‘qishingiz yoki shunchaki hordiq chiqarishingiz mumkin.
Ayniqsa, bahor va yoz oylarida ushbu manzilda to‘xtab o‘tish lozim, daraxtlarning quyuq soyasi sizga salqinlik beradi. Xiyobonda bolalar maydonchasi ham bor, oilaviy hordik chiqarish ham mumkin.
Uning markazida koinot va ilm-fan ramzi sifatida yaratilgan o‘ziga xos installyatsiya mavjud. Spiralsimon shakldagi installyatsiya yuqorisidagi shar koinot va yulduzlar olamini ifodalaydi, go‘yo.