O‘zbekiston ot sporti federatsiyasi prezidenti BAAda o‘tgan turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etdi

E’lon qilingan sana· 191
O‘zbekiston ot sporti federatsiyasi prezidenti BAAda o‘tgan turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etdi

5-8 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida Xalqaro ot sporti federatsiyasi (FEI) homiyligida Sharjah FEI Group VII Final — Young Horses & CSI3* nufuzli xalqaro ot sporti musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur xalqaro turnirda O‘zbekiston ot sporti federatsiyasi prezidenti Bahromjon Gaziev ham ishtirok etdi. Ushbu bahslarda dunyoning turli mamlakatlaridan 85−90 nafar kuchli chavandozlar qatnashdi. Yo‘nalish yakunlariga ko‘ra, Bahromjon Gaziev 5-o‘rinni egalladi.

Musobaqa yakunida O‘zbekiston ot sporti federatsiyasi prezidenti g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida ham ishtirok etdi. Marosim doirasida toifa g‘olibi — germaniyalik chavandoz Christian Ahlmannni taqdirlash Bahromjon Gaziev uchun katta sharaf bo‘ldi. U bugungi kunda dunyoning eng yaxshi 10 nafar chavandozi qatoriga kiruvchi, zamonaviy ot sportida katta obro‘-e'tiborga ega sportchi hisoblanadi.

Bunday yuqori saviyadagi musobaqalarda ishtirok etish va ularni tashkil etilish jarayoni bilan yaqindan tanishish, tashkilotchilik, infratuzilma va boshqaruv borasida qanday xalqaro standartlarga intilish zarurligini yana bir bor tasdiqlaydi. Ot sporti federatsiyasi kelajakda O‘zbekistonda ham musobaqalar aynan shunday yuqori xalqaro darajada tashkil etilishiga ishonadi.

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling