Chinorkent — Amirsoy yo‘nalishida mikroavtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

E’lon qilingan sana· 220
Chinorkent — Amirsoy yo‘nalishida mikroavtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

“Toshshahartransxizmat"ning xabar berishicha, Chinorkent-Yusufxona-Chimyon-Amirsoy yo‘nalishida mikroavtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Gazeta’ning yozishicha, qatnov qachon ishga tushishi va yo‘lkira narxi yo‘nalish egasini aniqlash bo‘yicha tender o‘tkazilganidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Buning uchun “Toshavtobustrans” tomonidan 20 ta Ford mikroavtobusi xarid qilingan. Mikroavtobusda 16 ta o‘rindiq bo‘lib, yo‘lovchilar uchun maxsus yukxona ham bor.

Mazkur yo‘nalish tog‘li hududlardan o‘tishi sababli yo‘lovchilar xavfsizligi masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Shu bois, bir qator mas’ul tashkilotlar mutaxassislari va tajribali tashuvchilar ishtirokida maxsus sinov qatnovlari tashkil etilgan. Sinov natijalariga ko‘ra, Ford mikroavtobuslari tog‘li yo‘llar sharoitida xavfsiz va qulay transport vositasi sifatida tanlangan, deyiladi xabarda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling