“Qamchiq” dovoni vaqtincha yopildi

E’lon qilingan sana· 165
“Qamchiq” dovoni vaqtincha yopildi

Qor koʻchkisi xavfi sababli 12-fevral kuni soat 13:00 dan A-373 Xalqaro avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bu haqda FVV xabar berdi.

“Oʻzgidromet"ning xabariga koʻra, 2026-yil 12 -fevral kuni (tahminiy soat 06:00—11:00 oralig‘ida) Namangan viloyati Qamchiq dovoni hududining 2000 metr balandlikda yog‘gan kuchli yog‘ingarchilik natijasida 6675 m3 hajmdagi 19 ta qor ko‘chkilari aniqlandi. Talofat va jabrlanganlar yoʻq.

Qayd etilishicha, hozirda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Dovonning qayta ochilishi bo‘yicha FVV Axborot xizmati qo‘shimcha ma’lumot taqdim etadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling