Bahromjon Gaziyev H.H. Sharjah Ruler Cup 2026 xalqaro turnirida g‘olib bo‘ldi

E’lon qilingan sana· 340
Bahromjon Gaziyev H.H. Sharjah Ruler Cup 2026 xalqaro turnirida g‘olib bo‘ldi

O‘zbekiston Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev Sharjadagi nufuzli Sharjah Ruler Cup turnirida birinchi o‘rinni egalladi. Ushbu g‘alaba o‘zbek sportining jahon maydonidagi navbatdagi muvaffaqiyati bo‘ldi.

19-fevral kuni BAAning Sharja shahrida bo‘lib o‘tayotgan nufuzli xalqaro konkur musobaqasi — H.H. Sharjah Ruler Cup 2026 doirasida O‘zbekiston madhiyasi yangradi. O‘zbekiston Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev CSI2* yo‘nalishida birinchi o‘rinni egalladi.

19−22 fevral kunlari o‘tkazilayotgan mazkur musobaqalar CSI2* va CSI5* toifalaridagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi hamda dunyoning turli mamlakatlaridan sportchilarni jamlagan holda, turnirni keng ko‘lamli va yuqori raqobatli xalqaro startga aylantirmoqda.

Ramazonning birinchi kunidagi ushbu g‘alaba O‘zbekiston sportchilari uchun muhim ramziy ahamiyatga ega bo‘lib, nufuzli jahon maydonida ularning yuqori tayyorgarligi va mahoratini yana bir bor tasdiqladi.

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling