Wolt O‘zbekistondagi faoliyatini to‘xtatadi

E’lon qilingan sana· 151
Wolt O‘zbekistondagi faoliyatini to‘xtatadi

Finlandiyaning mashhur yetkazib berish xizmati Wolt O‘zbekistondagi faoliyatini rasman to‘xtatishini ma’lum qildi. Bu haqdagi bayonot kompaniyaning rasmiy saytida e’lon qilindi.

Kompaniya xabariga ko‘ra, 2026-yil 5-martdan boshlab Wolt ilovasi yoki veb-sayti orqali buyurtma berish imkoni bo‘lmaydi.

“Biz O‘zbekistondagi xizmatimiz faoliyatini to‘liq to‘xtatish haqida qaror qabul qildik. 2026-yil 5-martdan boshlab ilovamiz yoki saytimiz orqali buyurtma berishning imkoni bo‘lmaydi. Bu yangilik siz uchun noqulay bo‘lishi mumkinligini tushunamiz. Kundalik hayotingizning bir qismi bo‘lish biz uchun muhim edi va Wolt’ni tanlaganingiz uchun minnatdormiz. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat.”

Hozircha kompaniya O‘zbekistondan chiqish sabablari haqida aniq ma’lumot bermagan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling