Iftorlik 2026: Toshkent restoranlari va kafelaridan qiziqarli takliflar

E’lon qilingan sana· 517
Iftorlik 2026: Toshkent restoranlari va kafelaridan qiziqarli takliflar

Ramazon oyida koʻplab restoran va kafelar maxsus menyular yoki toʻplamlarni taklif qiladi, ba’zilari esa chegirmadagi narxlarni e’lon qiladi. Albatta, Ramazon oyidagi iftorliklarni oila davrasida qilgan yaxshi. Lekin sizda bunga imkon boʻlmasa, Afisha.uz ana’naga koʻra, poytaxtda iftorlik qilish mumkin boʻlgan joylar toʻplamini taklif etadi.


A-Ristorante

Devoriga mashina osilgan — interyer jihatdan boshqalardan ajralib turadigan ushbu mualliflik restorani maxsus Ramazon setini taklif qilmoqda. Bir kishilik toʻplam narxi 119 ming soʻmni tashkil qiladi. Uning ichiga nisholda, xurmo, qaymoq, patir boʻlmalaridan iborat “Ramazon komplimenti”, salat, 1-ovqat sifatida shoʻrva va asosiy taom kiradi. Barcha taomlar uchun bir nechta variantlar taklif etiladi, ta’bga koʻra oʻzingiz toʻplam yasashigiz mumkin.


Bellisimo Pizza

Oʻzbekistondagi mashhur pitsa brendlaridan biri boʻlgan “Belissimo Pizza” ham oʻz mijozlariga iftorlik uchun 2 xil kombo tayyorladi. 1-kombo ichida 20 smli pepperoni pitsasi, 3 ta strips, kartoshka fri, xurmo bor va uning narxi 49 ming soʻmni tashkil qiladi. Ikkinchi komdo esa 3 ta 25 smli pitsa bor (kolasi sovgʻaga ekan) — uning narxi 109 000 soʻmdan boshlab.

Instagram;

Tarmoqning rasmiy sayti, 1174 qisqa raqami yoki ilova orqali buyurtma qilish mumkin. Setlar istalgan filialda aktual;

Manzillar.


Broccoli Park

Borccoli Park kafesi roʻzadorlar uchun muvozanatni saqlaydigan taomlardan iborat uchta to‘plam tayyorlagan.

  • 1-set: Olivye salati, borsh, befstrogan va kartoshka pyuresi, suv, xurmo, mini-patir, holva;
  • 2-set: Sezar salati, mastava, qo‘y go‘shtidan kabob, suv, xurmo, mini-patir, holva;
  • 3-set: yangi sabzavotlardan salat, sho‘rva, kartoshkalar va tabaka, suv, xurmo, mini-patir, holva.

Broccoli Park’da barcha setlarning narxi 140 ming soʻm etib belgilangan. Shuningdek, ularni oldindan buyurtma qilish (faqat 17:00 gacha) ham mumkin.


Burger Embassy

Burger Embassy kafesi ham oʻzining ramazon oyi uchun moʻljallangan setlarini e’lon qildi.

  • Turkish set — 2 ta durum burger, 2 ta koul-slou salati — 108 000 soʻm;
  • Canada set — 2 ta tovuqli burger, 2 ta koul-slou salati — 85 000 soʻm.

Bu setlarga suv, sous, kompot va xurmolar sovgʻa sifatida qoʻshib beriladi. Toʻplamlar barcha filiallar va yetkazib berish uchun ham aktual.


Evos

Evos fastfud tarmogʻi bu yil roʻzadorlar uchun 4 xil set taklif qilmoqda:

  • Iftor Stripslari — 49 000 soʻm;
  • Iftor Kofte — 52 000 soʻm;
  • Iftor Pita Boks — 60 000 soʻm;
  • Iftor Lavash Boks — 65 000 soʻm.

Har bir setga xurmolar, suv va gazli ichimlik ham qoʻshilgan. Toʻplamlar barcha filiallar va yetkazib berish uchun ham aktual.


KFC

Kentukkiliklar muborak oy uchun 2 xil set tayyorlagan, biri 1 kishilik, ikkinchisi esa 4 kishilik. Toʻplamlarning asl narxidan chegirma ham qoʻllangan.

  • Ramazon set (4 kishili) — 195 000 so‘m;
  • Iftor set — 60 000 so‘m.

Bundan tashqari, ushbu havola orqali toʻliq menyu bilan ham tanishib chiqish mumkin.


Köşebaşı

Poytaxt boʻylab 3 ta filialga ega turk restorani ham Ramazonga tayyorlangan. Ular bir kishi uchun 255 ming soʻmga tushadigan taomlar toʻplamini taklif qilmoqda. Uning ichiga quyidagilar kiradi: meze, salat, merjimek shoʻrva, asosiy taom (asosiy menyudan tanlash mumkin boʻladi), desert va bardak choy. Har bir setga xurmo, zaytun, asal, qaymoq va oddiy ichimlik suvi bonus sifatida qoʻshib beriladi.

  • Instagram.
  • Joy band qilish uchun telefon raqamlar: (+998) 77−276−7070 (Seoul Mun); (+998) 95−300−7070 (Tashkent City); (+998) 95−505−7070 (Chinorkent).
  • Manzillar.

Kamolon osh

Osh markazi koʻpchilik uchun 2 xil set taklif qilmoqda — “Ulfatlar” va “Yaqinlar”. Setlarning ichiga 8 kishilik (“Ulfatlar”) va 6 kishilik (“Yaqinlar”) osh, bahor salati, tamatli assorti, suzma, non, qatlama patir, limon choy va gazli ichimlik kiradi.

  • “Ulfatlar” — 506 000 soʻm;
  • “Yaqinlar” — 382 000 soʻm.

8 kishilik set ichiga salat, tamatli assorti va suzma 2 tadan kiritilgan. Ushbu setlar faqatgina Gulzor filialida amal qiladi.

  • Instagram;
  • Yetkazib berish xizmati: (+998) 55−500−1661; (+998) 55−555−1661 (ammo set yetkazib bermasligi mumkin).
  • Manzil.

Oqtepa Lavash

Fastfud tarmogʻi bu safar Ramazon oyi uchun maxsus kombo va aksiya tashkil qilgan. Oqtepa Lavash tarkibida katta mol go‘shtili lavash, kartoshka fri va 0,4 L. gazli ichimlik boʻlgan ramazon kombosini 49 ming soʻmga taklif qilmoqda. Shuningdek, yetkazib berishda 2+1 aksiyasi amal qilmoqda: Ikkita mol go‘shtili shaurma buyurtma qilsangiz, uchinchisi sovg‘aga. Yetkazib berish xizmati va barcha filiallar 24/7 ishlamoqda.


Papa Johns

Pitsaga ixtisoslashgan ushbu xalqaro brend Ramazon oyi uchun 3 xil maxsus kombo taklif qilmoqda.

  • 1-set: 2 ta 25 sm. pitsa, tovuq qanotchalari va xurmoli skrollar — 170 000 soʻm;
  • 2-set: 2 ta 35 sm. pitsa, tovuq qanotchalari, L oʻlchamdagi kartoshka fri va xurmoli skrollar — 270 000 soʻm;
  • 3-set: 3 ta 30 sm. pitsa, L oʻlchamdagi kartoshka fri va xurmoli skrollar — 250 000 soʻm.

Har bir toʻplamning pitsasini ta’bga koʻra tanlash mumkin. Shuningdek, xurmoli skrollarni alohida ham sotib olish mumkin, uning aksiyadagi narxi 35 ming soʻmni tashkil qiladi.


Paul

Fransuz taomlari tayyorlanadigan Paul kafesida iftorlik uchun sharqona shirinliklar tayyorlandi.

  • Katta “Ramadan” seti — 650 000 soʻm;
  • Golubikali oʻrtacha set — 400 000 soʻm;
  • Limonli merengali oʻrtacha set — 400 000 soʻm;
  • Oʻrtacha “Brauni” seti — 400 000 soʻm;
  • Kichik “Parranda suti” seti — 250 000 soʻm;
  • Xurmoli kichik set — 250 000 soʻm;
  • Tryufelli kichik set — 250 000 soʻm;

Shuningdek, restoranda har bir buyurtmaga xurmo, suv, nisholda, qaymoq va holvadan iborat maxsus kompliment qoʻshib berilmoqda.


Sirali Kebap

Turk taomlarini tayyorlovchi “Sıralı Kebap” restorani ramazon oyi uchun ikki xil menyu tayyorladi.

Iftor menyularidan assorti, shoʻrva, gazaklar, salat, issiq gazaklar, asosiy taom, desert va ichimliklar oʻrin olgan. Bir kishi uchun iftor menyusining narxi — 375 000 soʻm.


Shashleek

To‘rt kishiga mo‘ljallangan to‘plamda to‘rtta go‘sht va ko‘katli somsa, to‘rtta mastava, ikkita qaymoq, sumalak, xurmo, xumus va muhammara, ikkita kichik go‘shtli patir, strachatella va pomidor, ekzotik mevalar aralashmasi, to‘rt shisha suv, bir litr mango-marakuyya limonadi mavjud.

Iftor setlari narxi:

  • to‘rt kishi uchun — 1 300 000 so‘m;
  • ikki kishi uchun — 700 000 so‘m.

Ikkinchi setda ham xuddi tepadagidek taomlar bor, ammo ikki kishi uchun moslashtirilgan.


Wendy’s

Wendy’s fastfud restoranlar tarmogʻi saharlik va iftorlik uchun maxsus setlarni taklif qiladi. Bundan tashqari, ular Ramazon oyi uchun maxsus taom taqdim etdi. Maxsus taom donar boʻlib, goʻsht, kartoshka fri, guruch, pomidor va bodringdan iborat. Shunday qilib, tarmoq quyidagi setlarni taklif qilmoqda:

  • Kombo donar — 65 000 soʻm — maxsus taom (80 gr), gazli ichimlik, suv, non, xurmo va sous;
  • Kombo donar — 75 000 soʻm — maxsus taom (120 gr), gazli ichimlik, suv, non, xurmo va sous;
  • Iftar set — 50 000 soʻm — gamburger, kartoshka fri, gazli ichimlik, sous va xurmo;
  • Iftar set 2 — 60 000 soʻm — chizburger, maxsus taom (80 gr), gazli ichimlik, suv, non, xurmo va sous.

Restoran menyusi bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin. Wendy’s restoranlarining aksariyati Ramazon oyida 24/7 rejimida ishlashga oʻtdi.


Yaponamama

Sushiga ixtisoslashagan ushbu restoran ham Ramazon oyi uchun maxsus set tayyorladi. 59 ming soʻmlik bokslar 4 xil boʻlib, istalganini tanlash mumkin.

Yoqimli ishtaha!

Mirjalol Qosimov
Muallif
Mirjalol Qosimov
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling