“Magic Safari” tematik bog‘i yangi mavsumni ochdi

E’lon qilingan sana· 138
“Magic Safari” tematik bog‘i yangi mavsumni ochdi

Vaqtinchalik tanaffusdan so‘ng “Magic Safari” tematik bog‘i yana o‘z eshiklarini ochdi. Bu haqda bog' ma’muriyati xabar berdi.

Bog‘ yangi mavsum boshlanganini e’lon qilib, mehmonlarni yangilangan dastur va ko‘ngilochar tadbirlar bilan kutib olmoqda.

Yangi mavsum munosabati bilan 28-fevral va 1-mart kunlari bog‘ hududida yorqin oilaviy bayram tashkil etiladi. Ikki kun davomida mehmonlarni turli shou dasturlar, interaktiv tomoshalar va unutilmas taassurotlar kutmoqda.

Tashrif buyuruvchilar safari avtobusida sayohat qilib, dunyoning turli burchaklaridan keltirilgan 400 dan ortiq hayvonlarni tomosha qilishlari mumkin. Shuningdek, piyoda sayr qilish va ayrim hayvonlarni o‘z qo‘li bilan oziqlantirish imkoniyati ham mavjud.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling