Anons
VIII Toshkent xalqaro marafoni
E’lon qilingan sana: · 194

“Humo Arena” oldidagi maydonda VIII Toshkent xalqaro marafonining starti boʻlib oʻtadi.
Toshkent marafoni xalqaro sport tadbiri boʻlib, Jahon yengil atletika yorligʻi maqomiga ega va Jahon yengil atletika (Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi) musobaqalar taqvimiga kiritilgan.
Musobaqa quyidagi masofalarda oʻtkaziladi:
- erkaklar va ayollar oʻrtasida toʻliq marafon — 42,195 kilometr;
- erkaklar va ayollar oʻrtasida yarim marafon — 21,1 kilometr;
- erkaklar va ayollar uchun — 10 kilometr;
- erkaklar va ayollar uchun — 5 kilometr;
- bolalar marafoni — 600 metr va 400 metr;
- nordic walking — 5 kilometr.
Tadbirda fuqaroligidan qat’i nazar, barcha sportchilar va yugurish ixlosmandlari ishtirok etishlari mumkin.
Ishtirokchining paketiga quyidagilar kiradi:
- tanlangan masofaga muvofiq chipli raqam;
- 4 ta ignaband;
- ryukzak;
- Tadbir logotipi tushirilgan futbolka.
Ishtirok etish narxi: 300 000 soʻm.
Roʻyxatdan oʻtish veb-saytda orqali bajariladi.
