Oʻzbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

E’lon qilingan sana· 130
Oʻzbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishiga koʻra, joriy yilning 13−14 mart kunlari “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hasharini o‘tkaziladi.

Hashar doirasida:

  • mahallalar, ko‘p qavatli uylar va hovlilar atrofi tartibga keltiriladi;
  • ko‘chalar, xiyobonlar, ziyoratgoh va qabristonlarda obodonlashtirish ishlari olib boriladi;
  • bolalar maydonchalari ta’mirlanadi;
  • daraxtlarga ishlov berilib, yangi ko‘chatlar ekiladi;
  • “Yashil makon” loyihasi doirasida hududlar ko‘kalamzorlashtiriladi;
  • ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashiladi.

Ushbu tashabbus mahallalarda ozodalik, hamjihatlik va birdamlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling