Ayol tadbirkorlarni Yandex Go va payme bilan birgalikda qo‘llab-quvvatlash mumkin

E’lon qilingan sana· 251
Ayol tadbirkorlarni Yandex Go va payme bilan birgalikda qo‘llab-quvvatlash mumkin

payme Yandex Uzbekistan bilan #AyolTadbirkorligiTarafida tashabbusini kengaytirdi — Yandex Go ilovasining “Taomlar” va “Market” bo‘limlarida ayollar boshqaruvidagi muassasalar to‘plami paydo bo‘ldi, payme esa tadbirkor ayollardan qilingan xaridlar uchun 10% keshbek qaytaradi.

8-mart bayrami arafasida, payme’ning #AyolTadbirkorligiTarafida tashabbusi yanada kengaymoqda. Loyihaga Yandex Uzbekistan ham qo‘shildi — Yandex Go ilovasining “Taomlar” va “Market” bo‘limlarida tadbirkor ayollar boshqaruvidagi muassasa va do‘konlarni birlashtiruvchi maxsus to‘plamlar paydo bo‘ldi. Bu ayollar biznesiga kengroq tanilish imkonini beradi hamda yangi buyurtmalar va doimiy mijozlar hisobiga o‘sish uchun xizmat qiladi.

payme ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarni muntazam amalga oshirib kelmoqda. Bu yil kompaniya payme ilovasidagi “Joylarda to‘lov” funksiyasi orqali tadbirkor ayollardan va oilaviy korxonalardan qilingan xarid uchun 10% miqdorida keshbek taqdim etadi. Taklif 2026-yilning 4-martidan 10-martiga qadar payme plus obunasiga ega foydalanuvchilar uchun amal qiladi.

Kichik biznes duch keladigan asosiy qiyinchiliklaridan biri — mijozlarni jalb qilish xarajatlarining yuqoriligi hisoblanadi. Tadbirkorlarning Yandex Uzbekistan servislari bilan hamkorligi esa buni o‘zgartirishga ko‘maklashadi — ayollar biznesi millionlab salohiyatli mijozlar e’tiboriga tushishi va marketing xarajatlarini sezilarli darajada tejashi mumkin.


#AyollarBiznesiTomonida — bu payme’ning tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash va ularning salohiyatini oshirishga qaratilgan uzoq muddatli strategik tashabbusi. Mazkur loyiha ta’lim dasturlari, zamonaviy raqamli yechimlar, media-ko‘mak va turli ijtimoiy loyihalarni birlashtirgan bo‘lib, tadbirkor ayollarga yangi mijozlar va hamkorlar topishda, shuningdek, bozordagi mavqeini yanada mustahkamlashda yaqindan yordam beradi.

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling