Burger King Yandex Plus dasturiga qo‘shildi — endi restoranlardan bepul yetkazib berish mavjud

E’lon qilingan sana· 367
Burger King Yandex Plus dasturiga qo‘shildi — endi restoranlardan bepul yetkazib berish mavjud

Endi Yandex Plus obunasiga ega Yandex Go foydalanuvchilari Burger King va boshqa mashhur restoranlardan buyurtmalarni bepul yetkazib berish bilan rasmiylashtirishi mumkin.

Yandex Plus obunasi bilan Burger Kingʻdan buyurtmalar yanada foydaliroq bo‘ladi — bu Yandex Go imtiyozlar dasturiga qo‘shilgan yana bir muhim hamkor hisoblanadi. Bugungi kunda bepul yetkazib berish mashhur restoran tarmoqlarda ham mavjud — shu qatorda KFC, EVOS, Oqtepa Lavash va boshqalar bor.

Yandex Go ekotizim doirasidagi imtiyozlar formatini rivojlantirishda davom etmoqda, shunda foydalanuvchilar ovqat buyurtma qilishda va boshqa servislaridan foydalanishda maksimal foyda olishi mumkin. Yandex Plus ballari taksida safarlar uchun beriladi va ularni Yandex Goʻdagi “Taomlar”, “Market” va “Taksi” servislarida ishlatish mumkin.

Servis imtiyozlaridan tashqari, obuna Yandex Music, AllPlay, Kinopoisk va Yandex Books mediaservislaridan foydalanish imkoniyatini ham beradi.

Yandex Plus obunasini 30 kun davomida bepul ulash mumkin. Bundan tashqari, hozir va 19-martgacha yangi foydalanuvchilar 30 000 ta salom-alik Plus ballarini oladi — ularni darhol “Taomlar”, “Market” yoki “Taksi” servislarida ishlatish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling