Samarqandda "Sharq taomlari" festivali boʻlib oʻtadi

E’lon qilingan sana· 98
Samarqandda "Sharq taomlari" festivali boʻlib oʻtadi

Samarqand shahrida ilk marotaba “Sharq taomlari” festivali o‘tkaziladi. Festival 23−24-mart kunlariga belgilangan. Bu haqda Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, festival Sharq taomlari qadimdan ajoyib mazasi bilan dong taratgani uchun bu qadriyat va ta’mni xalqaro miqyosda tanitish maqsadida oʻtkazilmoqda.

Festivalning birinchi kuni, ya’ni 23-martda Xalqaro oshpazlar ishtirokida festival boʻladi, 24-mart kuni esa mahalliy oshpazlar ishtirokida “Taste of Samarkand” festivali oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, tashkilotchilar ikki kunda ham quyidagilarni va’da qilmoqda:

  • 100 dam ortiq oshpazlar ishtirokida musobaqalar;
  • 50+ turdagi noyob taomlar tayyorlash jarayonlari;
  • Oshpazlardan mahorat darslari;
  • Xorijiy mamlakatlarning taomlari tayyorlash jarayonlari;
  • Hunarmandchilik va sharq shirinliklari ko‘rgazmalari;
  • Madaniy koʻngilochar konsertlar;
  • Ko‘rik-tanlov ishtirokchilari uchun mukofotlar.

Festival Samarqand shahridagi Alisher Navoiy koʻchasida boʻlib oʻtadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling