To‘rt kunlik dam olish: O‘zbekistonda Hayit va Navro‘z bayramlari uchun dam olish kunlari e’lon qilindi
E’lon qilingan sana: · 161

Adliya vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Ramazon hayiti va Navro‘z bayramlari munosabati bilan mamlakatda bir qator dam olish kunlari belgilandi.
Unga ko‘ra:
- 20-mart (juma) — Ramazon hayiti kuni munosabati bilan barcha uchun dam olish kuni;
- 21-mart (shanba) — Navro‘z umumxalq bayrami, barcha uchun dam olish kuni;
- 22-mart (yakshanba) — kalendar bo‘yicha dam olish kuni;
- 23-mart (dushanba) — besh kunlik ish haftasida faoliyat yurituvchi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan.
Shuningdek, olti kunlik ish haftasida ishlovchi xodimlar uchun 23-mart odatiy ish kuni hisoblanadi.
Mazkur tartibga muvofiq, besh kunlik ish haftasida ishlovchilar ketma-ket to‘rt kun dam olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.