Ramazon hayiti kuni jamoat transporti erta tongdan ishlay boshlaydi
E’lon qilingan sana: · 24

Ramazon hayiti munosabati bilan 2026-yil 20-mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti harakati odatdagidan erta — soat 04:00 dan yo‘lga qo‘yiladi.
Mazkur qaror Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi tomonidan fuqarolar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida qabul qilingan.
Qayd etilishicha, erta qatnovlar hayit namozida ishtirok etishni rejalashtirgan yo‘lovchilarga manzillariga oson va o‘z vaqtida yetib borish imkonini beradi.