Toshkentda keng koʻlamli Navroʻz bayrami tantanalari boʻlib oʻtadi
E’lon qilingan sana: · 93

Toshkentda Navroʻz bayrami uchun keng koʻlamli bayram dasturi tayyorlandi: 21−23-mart kunlari shaharning turli tumanlarida ommaviy bayramlar, konsertlar, taomlar festivallari va madaniy tadbirlar oʻtkaziladi.
Asosiy tadbirlar bir nechta yirik joylarda boʻlib oʻtadi:
- 21−22-mart — Oʻzbekiston ovozi turistik koʻchasi (asosiy maydon);
- 21−22-mart — Taras Shevchenko gastronomik koʻchasi;
- 21−23-mart — Navro‘z etnoparki;
- 21-mart — Al-Xorazmiy sayyohlik koʻchasi.
Ommaviy bayram tadbirlari quyidagi joylarda ham boʻlib oʻtadi:
- Yunusobod tumani — Yunusobod galereyasi majmuasi oldidagi hudud;
- Bektemir tumani — Coca-Cola Park;
- Mirzo Ulug‘bek tumani — Markaziy bog‘;
- Sergeli tumani — markaziy maydon;
- Olmazor tumani — Talabalar shaharchasi (Beruniy metro bekati yaqinida);
- Shayxontohur tumani — “Anhor-Lokomotiv” bog‘i (21−22-mart);
- Shayxontohur tumani — Toshkent shahar bogʻi (21−22-mart);
- Uchtepa tumani — “Seul” ekopark
- Chilonzor tumani — Gʻafur Gʻulom nomidagi bogʻ;
- Yakkasaroy tumani — Next savdo majmuasi;
- Yashnobod tumani — Ashxobod istirohat bog‘i;
- Yangihayot tumani — Mehrigiyo maydoni.
Bayram tadbirlari oʻtkaziladigan joylarda quyidagi tadbirlar tashkil etiladi:
- milliy taomlar va bahorgi mahsulotlarni tatib koʻrish;
- sumalak, halim, samsa va bayramona palov tayyorlash;
- taniqli san’atkorlar ishtirokidagi konsert dasturlari;
- hunarmandchilik va amaliy san’at koʻrgazmalari;
- milliy oʻyinlar, xalq chiqishlari va musobaqalar.
Tashkilotchilar shahar boʻylab an’anaviy marosimlar, gastronomiya va madaniy dasturlar bilan oʻzgacha bayramona muhitni va’da qilmoqdalar.