Samarqand va Buxoroga qoʻshimcha "Afrosiyob" poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyildi

E’lon qilingan sana· 50
Samarqand va Buxoroga qoʻshimcha "Afrosiyob" poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyildi

19−25-mart kunlari Ramazon hayiti hamda Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan aholi talabini qondirish uchun poyezdlarda jami 25 000 ta qo‘shimcha o‘rin yaratildi.

Qo‘shimcha “Afrosiyob” reyslari:

  • Toshkent — Samarqand — Toshkent: 19−21-mart kunlari (6 ta reys);
  • Toshkent — Buxoro — Toshkent: 19, 20, 21, 22, 23 va 25-mart kunlari qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yildi.

19−24-mart kunlari Toshkent — Buxoro — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” elektropoyezdlari harakati jadvali:

  • №778-sonli poyezd: Toshkent (Markaziy) 06:10 — Buxoro;
  • №777-sonli poyezd: Buxoro 18:08 — Toshkent.

Bundan tashqari, 2026 yilning 19−25 mart kunlari “Toshkent — Xiva — Toshkent”, “Toshkent — Shovot — Toshkent”, “Toshkent — Qo‘ng‘irot — Toshkent” hamda “Toshkent — Termiz — Toshkent”, “Toshkent — Buxoro — Toshkent” (Sharq) yo‘nalishlarida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdlarga 4 tadan qo‘shimcha vagonlar ulanadi. Ushbu kunlari yo‘nalishdagi amaldagi reyslar orqali qo‘shimcha ulanadigan vagonlar orqali tashiladigan yo‘lovchilar soni 21 500 nafarni tashkil etadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling