Anons

Tashkent Water Week-2026

E’lon qilingan sana· 46
Tashkent Water Week-2026

JW Marriott Hotel Tashkent mehmonxonasida Tashkent Water Week-2026 doirasida Toshkent xalqaro suv forumi bo‘lib o‘tadi.

Forum O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Milliy tadqiqot universiteti, Iteca Exhibitions va Progressiv islohotlar markazi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Tadbir Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi kuchayib borayotgan, muzliklar erishi va daryolar oqimi kamayib borayotgan sharoitda dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun muhim platformaga aylanadi. Forum doirasida suv resurslarini boshqarish, ulardan samarali foydalanish va global suv inqiroziga qarshi kurashishning zamonaviy yechimlari ko‘rib chiqiladi.

Dasturdan quyidagi asosiy yo‘nalishlar o‘rin olgan:

  • transchegaraviy suv resurslarini boshqarish va mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish;
  • suv tejovchi texnologiyalar va raqamli yechimlarni joriy etish;
  • xalqaro tashabbuslar, jumladan, BMT doirasida yangi institutlar tashkil etish masalalari.

Forumning bosh mavzusi — suv resurslarini boshqarishda innovatsiyalar va texnologiyalar bo‘lib, unda barqaror irrigatsiya, gidroenergetika, fan-ta'lim va kadrlar tayyorlash kabi yo‘nalishlar ham qamrab olinadi.

Kirish bepul.

Ishtirok etish uchun havola orqali roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.

25dan 26-martgacha
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling