Hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?

E’lon qilingan sana· 101
Hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?

Ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo kuzatilishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, faqat 26-mart kuni va 27-martga o‘tar kechasi ayrim hududlarda ob-havo biroz o‘zgaradi. Jumladan, Buxoro viloyati va Navoiy viloyati, shuningdek respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Baland tog‘li hududlarda esa yog‘ingarchilik yomg‘ir va qor ko‘rinishida kuzatiladi.

Havo harorati asosan kechalari +10…+15 daraja atrofida bo‘ladi. Kunduz kunlari esa +23…+28 darajagacha isiydi. Respublikaning shimoliy va cho‘l hududlarida ayrim kunlari harorat +30…+32 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

Shamol tezligi 7−12 m/s atrofida bo‘lib, ba’zi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli bor.

Poytaxt — Toshkentda esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 24−26-mart kunlari +23…+26 daraja, 27-martda esa +27…+29 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi esa havo +10…+15 daraja iliq bo‘lib turadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling