Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Mingbuloq va Shukur Burxonov ko‘chalarida harakatlanish vaqtincha cheklandi

E’lon qilingan sana· 82
Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Mingbuloq va Shukur Burxonov ko‘chalarida harakatlanish vaqtincha cheklandi

24−31 mart kunlari Mirzo Ulug‘bek tumani hududidagi Mingbuloq va Shukur Burxonov ko‘chalarida yer osti kabel tarmoqlarini tortish ishlari olib boriladi. Shu sababli Mingbuloq ko‘chasidan Shukur Burxonov ko‘chasiga transport harakati vaqtincha cheklanadi.

Mazkur cheklovlar tufayli 50-sonli avtobus yo‘nalishining harakat tartibiga vaqtincha o‘zgartirish kiritiladi. Endilikda avtobuslar Mingbuloq, Do‘rmon yo‘li, G‘azalkent hamda Shukur Burxonov ko‘chalari orqali harakatlanadi.

Xabarga ko‘ra, yo‘llardagi cheklovlar va transport oqimining ortishi sabab ayrim yo‘nalishlarda qo‘shimcha o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

Shuningdek, ushbu davrda avtobuslarning qatnov oralig‘i odatdagidan uzayishi ehtimoli bor. Yo‘lovchilarga safarlarini oldindan rejalashtirish tavsiya etiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling