Dam olish kunlarida harorat pasayib, yomgʻir yogʻishi mumkin

E’lon qilingan sana· 83
Dam olish kunlarida harorat pasayib, yomgʻir yogʻishi mumkin

Dam olish kunlari esa ob-havo biroz o‘zgaradi. Respublikaning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli bor.

Harorat biroz pasayib, shanba va yakshanba kunlari kunduzgi harorat +20…+25 darajani tashkil etadi. Kechasi esa +12…+17 daraja atrofida bo‘ladi.

Shamol tezligi 7−12 m/s ni tashkil etadi, ayrim hududlarda 13−18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida juma va shanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduzgi harorat +27…+29 daraja bo‘ladi.

Yakshanba kuni esa qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi va shamol tezligi 10−12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzgi harorat +21…+23 darajagacha pasayadi, kechasi esa +13…+15 daraja atrofida bo‘ladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling