Bu yil O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh interneti ishga tushadi

E’lon qilingan sana· 45
Bu yil O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh interneti ishga tushadi
Foto: Afisha.uz / Yevgeniy Sorochin

O‘zbekiston 2026-yilda sun’iy yo‘ldosh internetini sinovdan o‘tkazishni rejalashtirmoqda, deya ta’kidlagan bosh vazir Abdulla Aripov Chimkentda bo‘lib o‘tgan Digital Qazaqstan 2026 xalqaro forumida. Bu haqda Digital Bussiness nashriga tayanib, Gazeta xabar bermoqda.

Aripovning ta’kidlashicha, Oʻzbekiston soʻnggi yillarda tarmoqqa ulanishni sezilarli oʻzgarishlar qilib, raqamli tengsizlik masalasini deyarli to‘liq hal qildi. Endi asosiy e’tibor sun’iy yo‘ldosh texnologiyalarini joriy etish orqali chekka hududlarga qaratilmoqda. Aripov mamlakatda keng polosali internet qamrovi allaqachon 41 foizdan 99,5 foizgacha oshganini bildirdi.

“Biz chekka hududlarni ulash vazifasini hal etyapmiz — joriy yilning o‘zidayoq sun’iy yo‘ldosh internetini sinov tariqasida ishga tushirish rejalashtirilgan bo‘lib, uning operatorlari uchun soliq imtiyozlari paketi shakllantirilgan”, — dedi O‘zbekiston bosh vaziri.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling