Rossiyada ortiqcha tashvishlarsiz: Ilk haftalardagi asosiy masalalarni qanday hal qilish mumkin?

E’lon qilingan sana· 140
Rossiyada ortiqcha tashvishlarsiz: Ilk haftalardagi asosiy masalalarni qanday hal qilish mumkin?

“T-Bank” chet elliklar Rossiyaga kelganidan keyin ko‘pincha qanday muammolarga duch kelishi va ularni ortiqcha stresslarsiz qanday hal qilish mumkinligi haqida ma’lumot berdi.

Rossiyaga borgan odam darhol vaqt va kuchni sovuradigan o‘nlab masalalar: aloqada qolish, pulni qayerda saqlash va qanday qilib uyga yuborish, hujjatlar bilan qayerga borish va tushunarsiz vaziyatlarda kimdan yordam so‘rash kabilarga duch keladi. Ko‘pincha muammo yechim yo‘qligida emas, balki ularning tarqoqligida: bank bir joyda, aloqa operatori boshqa yerda, hujjat ishlari esa butunlay bo‘lak manzilda.

Yaxshi yangilik shundaki, agar to‘g‘ri bank tanlansa, bu vazifalarning bir qismini birdaniga hal qilish mumkin. “T-Bank” chet el fuqarolariga Rossiyadagi hayot bilan bog‘liq asosiy masalalarni bir joyning o‘zida — ortiqcha qatnov, navbatlar va murakkab jarayonlarsiz hal qilishga yordam beradi.

“T-Bank” quyida chet el fuqarolari Rossiyaga ko‘chib kelganidan so‘ng ilk haftalarda eng ko‘p duch keladigan masalalar va ularni qanday tez hal qilish mumkinligi haqida so‘z yuritadi.

Yangi qonunni bo‘yicha SIM kartani qayerdan va qanday olish mumkin?

2025-yil 1-yanvardan boshlab chet el fuqarolari uchun jarayon murakkablashdi: 2024-yil 8-avgustdagi “Aloqa to‘g‘risidagi” 303‑FZ‑sonli yangi qonunga muvofiq, SIM karta xarid qilish va faollashtirish uchun Yagona biometrik tizimda (Yedinoy biometricheskoy sisteme, YeBS) identifikatsiyadan o‘tish talab etiladi.

Buning uchun quyidagilar zarur:

  • SNILS (Rossiya Pensiya jamg‘armasi tizimidagi shaxsiy sug‘urta raqami) rasmiylashtirish;
  • “Gosuslugi” portalida ro‘yxatdan o‘tish va akkauntni (hisob yozuvini) tasdiqlash;
  • biometrik ma’lumotlarni topshirish;
  • aloqa operatorida YeBS orqali identifikatsiyadan o‘tish.

Odatda buning uchun turli idoralarga borish, navbatlarda turish va vaqt yo‘qotishga to‘g‘ri keladi. “T‑Bank"da bu masala osonroq hal qilingan va barcha jarayonlar bir joyning o‘zida rasmiylashtiriladi: mijozga SNILS rasmiylashtirib beriladi, “Gosuslugi"da ro‘yxatdan o‘tish va biometrik ma’lumotlarni topshirishga yordam berishadi hamda tayyor SIM karta taqdim etiladi. Davlat xizmatlari markazi (MFS), bank va aloqa operatoriga alohida borish shart emas — hatto mijozning uyiga ham chaqirish mumkin bo‘lgan “T-Bank” vakili barcha bosqichlardan o‘tishga yordam beradi.

“T‑Mobayl” SIM kartasi mijozning ehtiyojlariga moslab sozlanadi: aynan qancha daqiqa va internet kerakligini mijoz o‘zi tanlaydi. Tarif va aloqa bilan bog‘liq barcha masalalar ofisga bormasdan, onlayn chat yoki telefon orqali hal qilinadi.

Pro obunasi bilan tarifga qarab yuqoriroq limitlar, bonuslar, “T‑Mobayl"da 600 yoki 1200 bepul daqiqa hamda Rossiya bo‘ylab internet paketiga 30% chegirma taqdim etiladi*.

Aynan qaysi karta chet elliklar uchun qulay?

Aloqa va hujjatlar masalasi hal bo‘lgach, keyingi savol — pul. Ish haqi yoki pul o‘tkazmalarini qabul qilish, uy-joy uchun to‘lash, oziq-ovqat va boshqa zarur narsalarni xarid qilish, shu bilan birga, kartaga xizmat ko‘rsatish uchun ortiqcha haq to‘lamaslik kerak. Chet elliklar ko‘pincha karta ochishda qiyinchiliklarga duch kelishadi, qolaversa, komissiyalar va xizmat ko‘rsatish shartlari hamma joyda ham tushunarli emas.

“T-Bank"ning Black kartasini esa hatto Rossiya SIM kartasisiz ham rasmiylashtirish mumkin. Agar kartada va “T‑Bank"ning boshqa debet hisoblarida jami 50 ming rubldan dan ortiq mablag‘ saqlansa, unga bepul xizmat ko‘rsatiladi. Boshqa hollarda oylik to‘lov 99 rublni ni tashkil etadi.

Black kartasi orqali “T-Bank” bankomatlarida oyiga 500 ming rublgacha, Rossiyadagi boshqa bankomatlarda esa 3 ming dan 100 ming rublgacha naqd pulni komissiyasiz yechib olish mumkin*.

Shuningdek, karta pul tejashga ham yordam beradi, chunki u orqali keshbek hisoblanadi: tanlangan to‘rtta toifada 15% gacha va “T‑Bank” hamkorlarining maxsus takliflari bo‘yicha 30% gacha. Pro obunasi bilan esa jumladan, ilovadagi “Sayohatlar” xizmati orqali aviachiptalar xaridi uchun ham yuqoriroq keshbek olish mumkin*.

“T-Bank” ilovasini o‘zbek yoki ingliz tiliga sozlash mumkin — barcha menyu, tugmalar va bildirishnomalar birinchi kundanoq tushunarli bo‘ladi. Agar savollar paydo bo‘lsa, qo‘llab‑quvvatlash xizmati dam olish kunlarisiz, kecha-yu kunduz ishlaydi va mijozlar bilan o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida muloqot qila oladi.

Yaqinlarga qanday qilib komissiyasiz pul yuborish mumkin?

Odatda bu borada bir nechta savol tug‘iladi: komissiya qancha bo‘ladi, pul qaysi kurs bo‘yicha ayirboshlanadi va oxir-oqibat oluvchiga qancha mablag‘ yetib boradi?

“T-Bank"ning Black kartasidan chet elga oyiga 20 000 rublgacha pulni komissiyasiz o‘tkazish mumkin. Agar mijoz muntazam ravishda pul jo‘natsa, Pro obunasi bepul limitni oyiga 50 000 rublgacha oshiradi. Komissiya miqdori yashirin shartlarsiz oldindan ma’lum bo‘ladi*.

Pul o‘tkazmasini telefon raqami orqali, jumladan, O‘zbekiston va boshqa MDH davlatlariga yuborish mumkin. Ilovada mijozni yaqinlari mahalliy valyutada qancha pul olishini darhol ko‘radi. Summa qo‘shimcha hisob-kitoblar va kutilmagan holatlarsiz joriy kurs bo‘yicha avtomatik tarzda ayirboshlanadi.

Orzular uchun pul yig‘ishni qanday boshlash kerak?

Asosiy masalalar hal etilgach, kelajak haqida o‘ylashning ayni vaqti keldi. Ko‘pchilik chet elliklar Rossiyaga aniq maqsadlar bilan keladi: uy sotib olish, oilasini olib kelish, biznes boshlash yoki shunchaki, moliyaviy “xavfsizlik yostiqchasi"ni yaratish. Ammo ko‘pincha pul kartada daromad keltirmasdan turadi yoki mayda-chuydalarga sarflanib ketadi.

“T-Bank"da oqilona pul jamg‘arishga yordam beradigan jamg‘arma hisobi mavjud. Mijoz yillik 11% gacha daromad olishi mumkin va ayni paytda istalgan vaqtda foizlarni yo‘qotmagan holda pul qo‘shish yoki yechib olishi mumkin. Bu odatiy omonatdan qulayroq — pulni olish uchun muddat tugashini kutish shart emas*.

Istalgan summada — 100 rubl bilan ham boshlash mumkin. Foizlar har kuni hisobdagi qoldiqdan kelib chiqib hisoblanadi va oyda bir marta to‘lanadi. Bepul 12 tagacha jamg‘arma hisobi ochib, turli maqsadlar uchun pul yig‘ish mumkin: biri — uy-joy uchun, ikkinchisi — farzandlar ta’limi uchun, uchinchisi — ta’til uchun*.

Black kartasi esa keshbek tufayli pulni yanada tezroq jamg‘arishga yordam beradi. Hamkorlarning maxsus takliflari bilan keshbek miqdori 30% gacha yetishi mumkin*. Masalan, mijoz ilova orqali oziq-ovqat yetkazib berishga buyurtma berdi yoki samolyot chiptasini sotib oldi va ancha katta summani qaytarib oldi.


“T-Bank” chet elliklarga asosiy masalalarni bir joyning o‘zida hal qilishga yordam beradi: hujjatlarni rasmiylashtirish va aloqadan tortib, jamg‘armalar va oilaga pul o‘tkazmalarigacha. Bu esa ayniqsa, ko‘chib kelgandan keyingi dastlabki haftalarda vaqt, kuch va pulni tejaydi.

*Keshbek olish, yuqori daromad hamda xizmatlardan foydalanish shartlari, jumladan, barcha tariflar va limitlar haqida batafsil ma’lumotni “T-Bank"ning rasmiy saytida bilib olish mumkin.

Black kartasi va chet elliklar uchun foydali xizmatlar haqida batafsil ma’lumotni saytdan bilib olish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling