+29° gacha: poytaxtda hafta davomida deyarli yoz ob-havosi kuzatiladi

30-martdan 3-aprelgacha boʻlgan ish haftasida Toshkent shahrida kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi.
Dushanba kuni kunduzi havo kam bulutli boʻlishi kutilmoqda, eng yuqori harorat 24 °C gacha chiqadi. Kechasi esa havo bulutli boʻladi, eng past harorat 15 °C boʻladi.
31-mart kuni kunduzi qisman bulutli ob-havo kuzatiladi, harorat 28 °C gacha koʻtariladi. Kechasi ham havo qisman bulutli boʻladi, harorat esa 15 °C gacha tushadi.
Chorshanba kuni kunduzi oʻzgaruvchan ob-havo kuzatiladi, eng yuqori harorat 28 °C boʻlishi kutilmoqda. Kechasi ham qisman bulutli boʻladi, eng past harorat 15 °C gacha tushadi.
2-aprel kuni kunduzi havo o‘zgarib turadi, harorat +29° gacha ko‘tariladi. Kechasi havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda +15 darajagacha pasayadi.
Juma kuni kunduzi havo ancha bulutli bo‘ladi va harorat +25° gacha ko‘tariladi. Dam olish kunlariga o‘tar kechasi ham havo ancha bulutli bo‘ladi, harorat esa +15° gacha tushadi.