O‘zbekistonda “10 ming qadam piyoda” tashabbusi yana yo‘lga qo‘yiladi

E’lon qilingan sana· 396
O‘zbekistonda “10 ming qadam piyoda” tashabbusi yana yo‘lga qo‘yiladi
Foto: Yevgeniy Sorochin

O‘zbekistonda “10 ming qadam piyoda” tashabbusi 2026-yil 1-maydan boshlab qayta tiklanadi. Bu haqda prezidentning “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida qabul qilingan ekologik ta’lim, ilm-fan va targ‘ibotni rivojlantirishga qaratilgan qarorida ma’lum qilindi.

Hujjatga ko‘ra, shu sanadan e’tiboran “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi — “1hls.uz” yana faoliyat boshlaydi. Mazkur platformani qo‘llab-quvvatlash uchun har yili Maxsus jamg‘arma hisobidan 10 milliard so‘m ajratilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq, 23-mart kuni Shavkat Mirziyoyevga 2026−2030-yillarga mo‘ljallangan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ustuvor umummilliy loyihalar taqdim etilganida, ushbu tashabbusni qayta tiklash rejalari ham ochiqlangandi.

Eslatib o‘tamiz, “10 ming qadam piyoda” dasturi ilk bor 2021-yil 1-iyundan yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, unda kuniga 10 ming qadam yurgan fuqarolarga 3 ming so‘mdan rag‘bat puli berilgan. Keyinchalik loyiha 2022-yil 6-apreldagi farmon asosida to‘xtatilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling