Toshkentda bir nechta avtobus yo‘nalishlari o‘zgardi

E’lon qilingan sana· 76
Toshkentda bir nechta avtobus yo‘nalishlari o‘zgardi

Toshkent shahrida yo‘l infratuzilmasidagi o‘zgarishlar sabab bir nechta avtobus yo‘nalishlarining harakat tartibiga tuzatishlar kiritildi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent halqa avtomobil yo‘li — Zargarlik — Nig‘monov ko‘chalari chorrahasi ochilib, yo‘l belgilari qayta ko‘rib chiqilgan. Shu munosabat bilan 13 va 69-sonli avtobuslarning harakati qisman o‘zgardi.

Izza mavzesidan shahar markazi tomon yo‘nalishda avtobuslar endi Poygoh, Guliston, Qovunchi va Zargarlik ko‘chalari orqali harakatlanadi. Teskari yo‘nalishda, ya’ni Izza mavzesi tomon harakatlanishda esa o‘zgarishlar yo‘q.

Shuningdek, Uchtepa tumanida olib borilayotgan qurilish ishlari sabab 23 va 131-sonli avtobus yo‘nalishlarida vaqtinchalik o‘zgarishlar joriy etildi. Kichik halqa avtomobil yo‘lining Lutfiy ko‘chasidan Farxod ko‘chasigacha bo‘lgan qismi 2026-yil 2-aprel soat 22:00 dan 6-aprel soat 06:00 gacha transport vositalari uchun qisman cheklanadi.

Mazkur muddat davomida 23-sonli avtobus Lutfiy ko‘chasi orqali harakatlansa, 131-sonli avtobus Lutfiy va Farxod ko‘chalari orqali yo‘nalishini davom ettiradi.

Yo‘lovchilardan safarlarini rejalashtirishda ushbu o‘zgarishlarni inobatga olish so‘raladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling