Oʻzbekiston mustaqilligining 35 yilligini tantanali ravishda nishonlanadi
E’lon qilingan sana: · 102

Oʻzbekiston mustaqilligining 35 yilligi sharafiga butun mamlakat boʻylab — Toshkent shahri, viloyatlar, mahallalar va tashkilotlarda bayram tadbirlari oʻtkaziladi.
Bosh gʻoya: “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz”.
Nima rejalashtirilgan:
- apreldan sentyabrgacha madaniy-ma'rifiy tadbirlar va Mustaqillik festivali oʻtkaziladi;
- Toshkent shahrida san’atkorlar va madaniyat arboblari ishtirokida asosiy bayram tadbirini tashkil etadi;
- Yubiley munosabati bilan yangi inshootlar — sanoat, madaniy va sport obyektlari ochiladi;
- #Mustaqillik35 va #Uzb35 xeshteglari bilan fleshmoblar, podkastlar va targ‘ibot aksiyalarini boshlash;
- Televideniyeda mamlakatning mustaqillik yillarida erishgan yutuqlari haqida turkum koʻrsatuvlar namoyish etiladi.
Bundan tashqari:
- avgust oyida Toshkentda mamlakat taraqqiyotiga bagʻishlangan xalqaro konferensiya boʻlib oʻtadi;
- “Mustaqillikning 35 yilligi” esdalik oltin tangasini zarb etish;
- Oʻzbekistondagi islohotlar va yutuqlar haqida kitob-albom tayyorlanadi;
- mamlakat boʻylab yangi bogʻlarda paydo boʻladigan “Vatan fidoyilari” yodgorligi loyihasini ishlab chiqish.
Poytaxtdagi bosh tadbirni tashkil etish Madaniyat vazirligiga yuklatildi.