Mundial sari yo‘l: O‘zbekistonda Kia x FIFA 2026 mijozlar o‘rtasidagi tanlov g‘oliblari aniqlandi

E’lon qilingan sana· 567
Mundial sari yo‘l: O‘zbekistonda Kia x FIFA 2026 mijozlar o‘rtasidagi tanlov g‘oliblari aniqlandi

O‘zbekistonda Kia Uzbekistan avtomobil xaridorlari va servis mijozlari uchun keng masshtabli aksiya yakunlandi. Tanlov g‘oliblari milliy terma jamoani qo‘llab-quvvatlash uchun 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatiga yo‘l oladi.

Kia Uzbekistan mijozlari uchun yanvar oyida boshlangan va ikki oy davom etgan keng masshtabli tashabbus yakunlandi. Aksiya brend avtomobillarining yangi xaridorlari va servis xizmatlaridan foydalanuvchilarni birlashtirdi.

G‘oliblar FIFA 2026 Jahon chempionatida milliy terma jamoaning tarixiy o‘yinlariga guvoh bo‘ladi va uni stadiondan turib qo‘llab-quvvatlaydi.

Yangi mijozlar uchun 2026-yil 28-fevralgacha butun mamlakat bo‘ylab rasmiy dilerlik markazida yangi Kia avtomobilini xarid qilish kifoya edi va ular avtomat ravishda da’vogarga aylandi.

Amaldagi avtomobil egalari ikki variantdan birini tanlashlari mumkin edi: Kia’ning rasmiy servis xizmat ko‘rsatish markazida rejali texnik xizmat ko‘rsatishdan o‘tish yoki osma tizimi, filtrlar, akkumulyator, isitish va konditsionerlash tizimi, elektron boshqaruv bloki, shinalar va boshqa uzellarni tekshirishni o‘z ichiga olgan maxsus servis xizmat ko‘rsatish paketini rasmiylashtirish. Har bir paket yoki texnik xizmat ko‘rsatish yutuqli o‘yinda ishtirok etish huquqini berardi.

15-mart kuni barcha yo‘llanma egalari aniqlandi: ular 6 dona avtomobil xaridori va servis xizmat ko‘rsatish markazining 3 nafar mijozi bo‘ldi. Omadlilar Instagram’dagi sahifada jonli efirida futbol bo‘yicha milliy terma jamoa fan klubi raisi Abdurahmon Fozilov tomonidan ishga tushirilgan randomayzer orqali anqilandi.

G‘oliblar yilning eng asosiy sport voqeasi muhitini bevosita his qiladi. Amalga oshiriladigan safarga turnir o‘yinlari chiptalari, xalqaro aviaqatnovlar, ichki transferlar hamda AQSh va Meksikadagi mehmonxonalarda joylashish kiradi.

Kompaniya avvalroq xabar berganidek, parallel ravishda bolalar tanlovi ham bo‘lib o‘tdi, unda ishtirokchilar katta futbol haqidagi orzularining tasavvurlarini baham ko‘rdi. Videosi eng ko‘p ball to‘plagan va hakamlar hay’atining eng yuqori bahosini olgan nukuslik 11 yoshli Jahongir Sodiqov eng yaxshi deb topildi.

Tashabbus brendning mijozlar bilan aloqani mustahkamlash va avtomobilga egalik qilishdan tashqarida yorqin taassurotlar yaratish strategiyasining bir qismiga aylandi.

Telefon: (+998) 55−500−8333.

Sayt: kia.uz
Facebook: fb.com/KiaUzbekistan
Instagram: @kia__uzbekistan
Telegram: t.me/kiauzbekistanbot
YouTube: @kiauzbekistan

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling