Toshkentda Xalqaro jaz festivali bo‘lib o‘tadi

E’lon qilingan sana· 657
Toshkentda Xalqaro jaz festivali bo‘lib o‘tadi

Toshkent shahrida 28-apreldan 12-mayga qadar Xalqaro jaz festivali oʻtkaziladi. Festival “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyining ochiq maydonida bo‘lib o‘tadi.

Festival sahnasida jahon jaz sahnasi yulduzlari — Therr Maitz bilan jo‘rlikda Leonid Agutin, Stenli Klark va Kurt Elling hamda boshqa qator xalqaro va mahalliy ijrochilar chiqish qiladilar.

Jaz, bu madaniyatlar va an’analar kesishmasida tug‘ilgan musiqa, hur ijod va jonli muloqot ramzidir. O‘nlab yillar davomida u butun dunyo bo‘ylab insonlarni birlashtirib, madaniy almashinuv va o‘zaro hamjihatlikning muhim qismi bo‘lib qolmoqda. YUNESKO jaz musiqasiga madaniyatlar o‘rtasida tinchlik, muloqot va o‘zaro hurmat-ehtiromni mustahkamlashga xizmat qiladigan muhim vosita sifatida qaraydi.

Festival dasturi:

28-aprel, 19:30 — Stanley Klark;
29-aprel, 19:30 — Mayls Sanko;
30-aprel, 19:30 — Sergey Jilin & “Fonograf Simfo-Jazz”;
1-may, 19:30 — Anton Belyayevning LAB loyihasi;
1-may, 21:00 — Leonid Agutin;
2-may, 19:00 — East Band & SKYBAND (V.A. Uspenskiy nomidagi musiqa maktabi);
2-may, 19:30 — Anush Band;
3-may, 19:30 — Gunhild Carling;
4-may, 19:30 — Incognito;
5-may, 19:00 — Jazzapella (Ruminiya elchixonasi);
5-may, 20:00 — Kurt Elling Quartet;
6-may, 19:30 — Tigran Hamasyan “Manifeste”;
7-may, 19:30 — GoGo Penguin;
8-may, 19:00 — Jazzkent;
8-may, 19:30 — Soundtravel Jazz Quartet;
9-may, 19:30 — Sylvain Gontard (Yamaha artisti), O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri, dirijyor — Alibek Qabdurahmanov;
10-may, 19:30 — Ayo Trio (Isroil elchixonasi);
11-may, 19:00 — Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti big-bendi, dirijyorlar — Muminon Olimov va Igor Budyukov;
12-may, 19:30 — Jazzirama va Hayriniso Akbarova / Sabina Mustaeva / Elina Sattarova / Madinabonu Adilova / Laylo Rihsiyeva / Jasur Mirsagapov / Le Lu Lien / Anur Gurjiyeva / Hurshida Inogamova;
13-may, 19:30 — O‘zbekiston xalq artisti Mansur Tashmatov rahbarligidagi jaz-bend.

Kirish bepul.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling