Fotosayr: Rekonstruksiyadan so‘ng ochilgan Amir Temur xiyoboni

E’lon qilingan sana· 168
Fotosayr: Rekonstruksiyadan so‘ng ochilgan Amir Temur xiyoboni

Toshkentning ramziy maskanlaridan biri — Amir Temur xiyoboni ikki haftalik ta’mirlash ishlaridan so‘ng yana poytaxt aholisi va mehmonlari uchun ochildi. Afisha.uz fotosuratchisi yangilangan xiyobon bo‘ylab sayr qildi.

Olti gektarlik maydonda piyodalar yo‘laklari tartibga keltirilib, yangi qoplama va asfalt yotqizildi. Sug‘orish va muhandislik tarmoqlari ham modernizatsiya qilindi. Qolaversa, unda endi hojatxona ham ishlay boshladi.

Xiyobonda o‘rindiqlar tartibga keltirilib, ularning soni biroz ko‘paytirildi. Shuningdek, bog‘ning har bir burchagida yangi ekilgan minglab gullar va manzarali daraxtlar ko‘zga tashlanadi.

Yangilangan Amir Temur xiyobonining bahoriy manzaralarini fotoreportajimizda tomosha qiling.

Shohruh Haydarov
Muallif va fotosuratchi
Shohruh Haydarov
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling