Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan esdalik tangalari sotuvga chiqarildi

E’lon qilingan sana· 178
Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan esdalik tangalari sotuvga chiqarildi

Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan esdalik tangalari va suvenir to‘plamlari sotuvga chiqarildi. Bu haqda Markaziy Bank matbuot xizmati xabar berdi.

  • false
  • false
  • false

Ma’lum qilinishicha, sotuvga quyidagilar taqdim etilgan:

  • Sohibqiron siymosi aks etgan, 31,1 gramm og‘irlikdagi ikki xil dizayndagi esdalik tangalari;
  • har biri 31,1 gramm bo‘lgan uch dona tangadan iborat suvenir to‘plamlari.

Tangalar 999,9 asillikdagi oltin va kumushdan tayyorlangan bo‘lib, yuqori badiiy hamda kolleksion qiymatga ega.

  • false
  • false
  • false

Sotuv narxlari hamda banklardagi mavjudlik haqida yangilangan ma’lumotlar Markaziy bankning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida har kuni e’lon qilib boriladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling