Dam olish kunlari qanday ob-havo kutilmoqda?

Oʻzgidromet ma’lumotiga ko‘ra, juma kuni respublikaning ayrim hududlarida beqaror ob-havo kuzatiladi.
11−12-aprel kunlari esa O‘zbekiston hududining katta qismida ob-havo quruq bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Samarqand va Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida, shuningdek Farg‘ona vodiysi hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Havo harorati kechalari +8…+13 daraja, kunduz kunlari esa +20…+25 daraja atrofida bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda esa ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi ehtimoli bor. Shu hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkent shahrida 10−12-aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan esib, tezligi birozdan o‘rtachagacha kuchayadi. Harorat kechalari +11…+13 daraja, kunduz kunlari esa +23…+25 daraja bo‘ladi.