Umumta'lim maktablari uchun qabul sanasi e'lon qilindi

O‘zbekistonda 20-iyundan boshlab umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayoni boshlanadi.
Bu yil qabul tizimi yanada kengaytirildi: davlat xizmatlari orqali ariza topshirish yo‘lga qo‘yilgan hududlar soni 64 tadan 135 taga yetdi, umumta’lim maktablari soni esa 1 956 tadan 5 689 taga oshirildi.
Qabul jarayoni 20-iyundan 31-iyulgacha belgilangan mikrohudud doirasida, 1-avgustdan 31-avgustgacha esa mikrohududdan tashqarida amalga oshiriladi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin. Davlat xizmatlari joriy etilmagan hududlarda esa 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlikning elektron tizimi adm.maktab.uz bazasiga kiritiladi.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, 1-sinfga bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi. Shunga muvofiq, 2026−2027 o‘quv yili uchun 2019-yil 31-dekabrgacha tug‘ilgan bolalar maktabga qabul qilinadi.