“Xalqlar do‘stligi" saroyi hududidagi noqonuniy bannerlar olib tashlandi

E’lon qilingan sana· 158
“Xalqlar do‘stligi" saroyi hududidagi noqonuniy bannerlar olib tashlandi

2026-yil 14-aprel kuni Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan “Xalqlar do‘stligi” saroyi hududida Madaniy meros agentligi hamda uning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan davlat nazorati (monitoring) ishlari olib borildi.

Madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan bino oldida reklama bannerlari hech qanday ruxsatsiz, o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgani aniqlangan. Bannerlarning asosiy qismi turli konsert tadbirlarini reklama qilishga qaratilgani qayd etildi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 649-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, shuningdek, “Reklama to‘g‘risida"gi Qonunning 26-moddasiga ko‘ra, moddiy madaniy meros obyektlarida tashqi reklama joylashtirish taqiqlanadi.

  • false
  • false

Natijada noqonuniy bannerlar zudlik bilan demontaj qilingan. Holat yuzasidan mas’ul shaxslarga ogohlantirish berilib, ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq, moddiy madaniy meros obyektlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling