Tashwell Toshkent markazidan wellness turdagi xonadon sohibi bo‘lishni taklif etmoqda

E’lon qilingan sana· 107
Tashwell Toshkent markazidan wellness turdagi xonadon sohibi bo‘lishni taklif etmoqda

Toshkentning qoq markazida joylashgan Tashwell hamyonbop to‘lov variantlari bilan shahar hayotining qaynoq nuqtasida yashash imkoniyatini taqdim etadi. Tashwell ish, ijtimoiy hayot va sog‘lom turmush tarzi konsepsiyasini yagona manzilda birlashtiradi.

O‘zbekistonning sog‘lom turmush tarziga (wellness) yo‘naltirilgan turar joy loyihasi bo‘lgan Tashwell, shahar hayotining barcha afzalliklarini markazga olgan yangi aksiyasini e’lon qildi. “Uyim Toshkentda, hayot markazida” shiori ostida hayotga tatbiq etilayotgan ushbu aksiya, poytaxt markazidagi nufuzli hayotni qulay to‘lov shartlari bilan bog‘lamoqda. Koç Construction kafolati ostida ishlab chiqilgan loyiha, ham shahar markazida yashashni istaganlar, ham istiqbolli investitsiya qidirayotganlar uchun kuchli muqobil bo‘lib xizmat qiladi.

Markazda bo‘lish imtiyozi

Toshkentning eng markaziy hududlaridan biri — Yakkasaroy tumanida joylashgan Tashwell zamonaviy shahar hayoti dinamikasini sog‘lom yashash konsepsiyasi bilan uyg‘unlashtiradi. Loyiha biznes markazlari, ijtimoiy obyektlar, transport va kundalik hayotning barcha qulayliklariga yaqinligi bilan o‘z rezidentlariga hayot markazida bo‘lish imtiyozini beradi. Tashwell metrogacha ikki daqiqali piyoda yo‘l, Amir Temur xiyobonigacha besh daqiqa va aeroportgacha atigi uch daqiqali masofa bilan o‘ta qulay joylashuvga ega.

Tashwell, reklama

Oilalar uchun hamyonbop uy, investorlar uchun oqilona model

Bugungi kunda shahar markazida yangi uy-joy variantlari cheklangani sababli markaziy lokatsiyadagi loyihalar yanada qadrli bo‘lib bormoqda. Tashwell Toshkentning markazida joylashgani bilan ham hayot sifati, ham uzoq muddatli qiymat salohiyati jihatidan ajralib turadi.

“Toshkentlik bo‘lish” — shaharning qoq markazida yashash taqdim etadigan madaniy boylik, ijtimoiy harakatchanlik va kuchli daxldorlik hissi bilan butunlashadi. Tashwell ushbu imtiyozni markazlashgan yashash modeli orqali real tajribaga aylantiradi.

“1+1” xonadonlar uchun 9 million so‘mdan boshlanadigan oylik to‘lovlar. 48 oygacha bo‘lgan muddatli to‘lov imkoniyati. Ushbu model shahar markazidan uy sotib olishni yanada osonlashtiradi. Bu ham to‘g‘ri hududni tanlashni xohlovchilar, ham markazda qiymati oshib boruvchi sarmoya kiritishni istaganlar uchun muhim imkoniyatdir.

Markazda yashash — vaqtni tejash, kuchli transport aloqalari va shaharning barcha imkoniyatlaridan bahramand bo‘lish demakdir.

Tashwell, reklama

Shahar hayotida yangi standart: Wellness konsepsiyasi

Jami 5 ta blok va bitta Wellness markazidan iborat bo‘lgan Tashwell, qariyb 3 gektarlik maydonda joylashgan bo‘lib, uning 75 foizi yashil hudud va peyzajdan iborat. 22 900 kv. m maydonni egallagan yashil hududda sayr va yugurish yo‘laklari, sun’iy ko‘llar, xushbo‘y bog‘lar va ochiq sport maydonchalari shahar markazida toza havo va kenglik muhitini yaratadi.

Loyihaning markazida joylashgan 1000 kv. m maydonga ega Wellness Center’da quyidagilar mavjud:

  • yopiq basseyn;
  • hamom;
  • sauna;
  • bug‘ xonasi;
  • fitnes va pilates maydonlari.

Tashwell sog‘lom turmush tarziga arxitektura rejalashtirishidan tortib, material tanlashgacha bo‘lgan barcha jarayonlarda yaxlit bir yondashuv sifatida qaraydi.

Tashwell, reklama

Koç Construction kafolati

Yarim asrlik tajribasi bilan 3 ta qit’ada va 10 ta davlatda faoliyat yurituvchi Koç Construction — turar joy va ofis loyihalaridan tashqari, tijorat binolari, savdo markazlari, mehmonxonalar va davlat obyektlari bilan sohada mustahkam obro‘ga ega. Tashwell loyihasi Koç Construction va Tashwell Group kafolati ostida, yuqori sifat standartlari bilan hayotga tatbiq etilmoqda.

Cheklangan miqdor va cheklangan imkoniyat

Aksiya cheklangan muddatda va ma’lum miqdordagi xonadonlar uchun amal qiladi. Beshta blokdan iborat loyihaning uchta blokida qurilish ishlari yakunlangan. Markaziy joylashuvi, o‘ziga xos wellness konsepsiyasi va foydali to‘lov rejasi bilan Tashwell, hayot markazini o‘z uyining manzili qilishni istaganlar uchun ma’qul tanlovdir.

Telefon: (+998) 78−777−24−24.

E-mail: info@tashwell.uz
Instagram: @tashwell.uz

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling