Toshkentda 4 ta avtobus yoʻnalishi oʻzgartiriladi

Poytaxtda 2026-yil 25-aprel kunidan boshlab bir qator avtobuslar yoʻnalishi qisqartiriladi, deya xabar bermoqda Тоshkent shahar transport bosh boshqarmasi axborot xizmati.
Xususan, 106-sonli avtobus yoʻnalishining harakati Saodat savdo markazidan Xalqaro aeroport bekatigacha qisqartiriladi. Yoʻnalish endilikda “Uchxoz mahallasi — Xalqaro aeroport” oraligʻida harakatlanadi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda Xalqaro aeroport bekatidan Saodat savdo savdo markazi oraligʻida 8 ta — 11, 40, 45, 47, 67, 76, 77, 94-sonli avtobus yoʻnalishlari harakatlanmoqda. Ulardagi jami harakat tarkibi soni 97 ta katta va oʻta katta sigʻimli avtobuslarni tashkil etadi.
7-sonli avtobus yoʻnalishining Yunusobod 19-dahasidan Yunusobod 9-dahasiga harakatlanishdagi bir tomonlama harakati Yangi shahar va Rixsiliy koʻchalari orqali Amir Temur koʻchasiga harakatlanmagan holda oʻzgartiriladi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda Yangi Yunusobod koʻchasidan Amir Temur koʻchasidagi Yunusobod dehqon bozori bekatigacha boʻlgan oraliqda 4 ta — 5, 67, 83, 157-sonli avtobus yoʻnalishlari harakatlanmoqda. Ulardagi jami harakat tarkibi soni 42 ta katta sigʻimli avtobuslarni tashkil etadi.

Shuningdek, 141-sonli “Karvon bozori — Paxtakor metrosi” avtobus yoʻnalishining Paxtakor metosi ASHBdan B.Zokirov, A.Navoiy koʻchalari, A.Navoiy kinoteatri bekati, A.Navoiy, B.Zokirov koʻchalari orqali oʻzgartiriladi.

Bundan tashqari, 103-sonli “Chilonzor buyum bozori — Chorsu savdo markazi” avtobus yoʻnalishining harakati Furqat koʻchasidan A.Navoiy koʻchasi orqali Milliy drama teatri bekatiga harakatlanmagan holda oʻzgartiriladi.
Bu bir-birini harakat yoʻlini takrorlovchi yoʻnalishlar faoliyatini muvofiqlashtirish, yoʻnalishlardagi mavjud oraliq interval vaqtlarini kamaytirish, avtobsularda tashish xavfsizligini ta’minlash maqsadlarida amalga oshirilmoqda.