Toshkentda 1-maydan favvoralar mavsumi boshlanadi

E’lon qilingan sana· 166
Toshkentda 1-maydan favvoralar mavsumi boshlanadi

1-may kuni Toshkentda favvoralar mavsumi rasman boshlanadi. Bu kuni shaharda musiqiy chiqishlar, chiroqlar yogʻdusi va teatr tomoshalari ochiq maydonda boʻlib oʻtadi.

Asosiy tadbirlar bir vaqtning o‘zida bir nechta manzilda bo‘lib o‘tadi:

  • Alisher Navoiy nomidagi Katta akademik teatr yonida;
  • Hamid Olimjon maydonida;
  • Mirobod bozori oldidagi maydonda.

Konsertlar, teatrlashtirilgan tomoshalar va bayram dasturi soat 18:00 dan 21:00 gacha rejalashtirilgan. Shuningdek, shaharning turli tumanlarida qo‘shimcha tadbirlar ham o‘tkaziladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling