Toshkentda 240 ta avtobus xarid qilinadi va 1 000 dan ortiq bekat yangilanadi

E’lon qilingan sana· 106
Toshkentda 240 ta avtobus xarid qilinadi va 1 000 dan ortiq bekat yangilanadi

Toshkentda jamoat transportini keng ko‘lamda yangilash rejalashtirilmoqda.

2026-yilda shaharda allaqachon 169 ta avtobus yo‘nalishi faoliyat yuritmoqda, yo‘nalishlarga deyarli 2 mingta avtobus chiqmoqda, kuniga esa qariyb 23 mingta reys amalga oshiriladi. Jamoat transporti har kuni 1,4 milliongacha yo‘lovchini tashiydi, biroq shuncha hajmga qaramay, tizim bir qator muammolarga duch kelmoqda.

Asosiy muammo — kutish vaqti. Tig‘iz soatlarda avtobuslar 35−40 daqiqagacha kelmasligi mumkin. Bunga bir nechta omillar ta’sir qiladi: ajratilgan yo‘laklarning yetishmasligi (ular yo‘llarning atigi 18,5 foizini tashkil etadi), bekatlar infratuzilmasining sustligi hamda shaharliklarning hanuzgacha shaxsiy avtomobillarni afzal ko‘rishi. Natijada tirbandliklar ortmoqda, jamoat transportining jozibadorligi esa pasaymoqda — bu Kengash hujjatida qayd etilgan.

Vaziyatni yaxshilash uchun shaharda quyidagi yangilanishlar rejalashtirilgan:

  • 240 ta yangi avtobus xarid qilinadi;
  • 16 ta yangi yo‘nalish ochiladi;
  • kunlik reyslar soni yana 2 mingga oshiriladi;
  • 16,2 km BRT liniyalari va qo‘shimcha 56 km ajratilgan yo‘laklar tashkil etiladi;
  • 600 dan ortiq nazorat kameralari o‘rnatiladi;
  • 1 116 ta bekat rekonstruksiya qilinadi va yana 70 ta yangi bekat quriladi;545 ta “aqlli” svetofor tizimi joriy etiladi.

Ta’kidlanishicha, bu choralar avtobuslarni kutish vaqtini qisqartiradi, harakatni tezlashtiradi, jamoat transportini yanada qulay qiladi, yo‘llardagi yuklamani kamaytiradi hamda Toshkentda shaxsiy avtomobillar sonining qisqarishiga yordam beradi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling