"Yevropa kuni" festivali

Yoshlar ijod saroyida “Yevropa Ittifoqi festivali 2026 — Toshkentda Yevropa kuni” boʻlib oʻtadi.
Bu ochiq tadbir bo‘lib, undaa xalqaro loyihalar, Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar elchixonalari va bugungi kunda mavjud imkoniyatlarni yaxshiroq tushunishni istagan insonlar uchrashadi. Qatnashchilar ular bilan bevosita muloqot qilib, oʻzini qiziqtirgan savollariga javob olishi mumkin boʻladi.
Dasturning alohida qismi — Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan jonli tanishuv. Elchixonalar o‘z turizm salohiyatini, ta’lim olish imkoniyatlarini, va madaniy xilma-killiklarini taqdim etadi: fin ertaklaridagi Mumi-trollar o‘qishidan tortib, raqs mahorat darslari, viktorinalar va erkin muloqotgacha.
Festivalda bolalar bilan ham qatnashish mumkin. Kirish bepul.