Toshkentda "Tashkent Flowers Fest 2026" boʻlib oʻtadi

E’lon qilingan sana· 220
Toshkentda "Tashkent Flowers Fest 2026" boʻlib oʻtadi

Toshkentda 6−9-may kunlari “Tashkent Flowers Fest 2026 “gullar festivali boʻlib oʻtadi. Tadbir har kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha davom etadi, kirish bepul.

Festival Yunusobod tumanida, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi oldidagi maydonda tashkil etiladi.

Mehmonlarni gullar ko‘rgazmasi, shuningdek, san’atkorlar ishtirokidagi konsert dasturi va ijodiy jamoalarning chiqishlari kutmoqda. Bundan tashqari, tashrif buyuruvchilar uchun interaktiv o‘yinlar va turli ko‘ngilochar shoular ham rejalashtirilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling