Oʻzbekistonda may oyida qanday ob-havo kuzatiladi?

Bahorning oxirgi oyi aprelga nisbatan 4−6 darajaga iliqroq bo‘ladi. Bu haqda Oʻzgidromet agentligi xabar berdi.
Prognozlarga koʻra, bu yil may oyi beqaror ob-havo bilan boshlanadi. Birinchi besh kunlikda respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda momaqaldiroq va kuchli shamol bilan qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘adi. Havo harorati asosan kechalari 13−18 daraja, kunduz kunlari 22−27 daraja bo‘ladi.
Respublika hududining katta qismida kunduzgi o‘rtacha harorat oyning birinchi yarmida 24−27 darajani, ikkinchi yarmida esa 28−31 darajani tashkil etadi. Deyarli har yili may oyida yozga xos issiq davrlar harorat 34−37 darajagacha ko‘tarilishi kuzatiladi.
BKeyinchalik, oyning oxirigacha harorat kechalari 13−18 darajadan 18−23 darajagacha, kunduz kunlari 25−30 darajadan 30−35 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 36−38 darajagacha o‘zgarib turadi. Ushbu davrning ayrim kunlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘irlar yog‘ishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, 2026-yil may oyida o‘rtacha oylik harorat iqlimiy me’yordan 1,5−2 darajaga yuqori bo‘lishi kutilmoqda.