Toshkentdagi bir nechta madaniyat maskanlari ekonstruksiyasi rejalashtirilmoqda

E’lon qilingan sana· 70
Toshkentdagi bir nechta madaniyat maskanlari ekonstruksiyasi rejalashtirilmoqda

Toshkentdagi bir qator teatrlarning moddiy-texnik holati jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi madaniyat muassasalarini ko‘zdan kechirgach moddiy-texnik bazasi davlat ko‘magiga o‘ta muhtoj ekanligini ma’lum qildi.

  • false
  • false
  • false
  • false

Muqimiy nomidagi davlat akademik musiqali teatri, O‘zbekiston Yoshlar teatri hamda “Arena” yotoqxonasi binolari anchadan buyon ta’mirtalab holatda ekani aniqlandi. Ayrim obyektlarda infratuzilma eskirgani sababli ijodiy faoliyatni to‘liq yo‘lga qo‘yish qiyinlashgan.

Mirziyoyeva teatr jamoalari bilan uchrashuvda mavjud muammolarni ochiq muhokama qilib, ularni hal etish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilishini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, zarur sharoitlar yaratilgandagina repertuarlar yangilanadi va tomoshabin talabiga javob beradigan zamonaviy spektakllar sahnalashtiriladi.

Shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi faoliyati ham o‘rganildi. Muzeyda nodir qo‘lyozmalarni raqamlashtirish va ularni keng jamoatchilikka taqdim etish ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga, muassasa faoliyatidagi kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Moliyalashtirish masalalarini hal etish uchun mas’ul shaxslar tayinlangani, shuningdek, jarayon Prezident administratsiyasi va Toshkent shahar hokimligi hamkorligida olib borilishi ma’lum qilindi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling