Toshkent-Xiva yoʻnalishida yuqori tezlikdagi Hyundai Rotem poyezdi chipta narxi e'lon qilindi

Yangi yoʻnalish haftasiga uch marta qatnaydi, yoʻl vaqti 7,5 soat, chipta narxi esa 780 000 soʻm.
3-maydan boshlab Toshkent — Xiva yo‘nalishida yangi Hyundai Rotem yuqori tezlikdagi poyezdi qatnay boshlaydi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” xabar berdi.
“Jaloliddin Manguberdi” nomli poyezd ushbu yo‘nalishda borib-kelish uchun umumiy 7,5 soatda bosib o‘tadi. Chipta narxi 780 000 so‘mni tashkil etadi. Reyslar har ikki yo‘nalishda haftasiga uch marta — seshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Poyezd Toshkentdan Markaziy vokzaldan soat 07:00 da yo‘lga chiqib, Xivaga 14:31 da yetib boradi. Qaytish reysi esa 07:20 da jo‘nab, poytaxtga 14:51 da yetib keladi.
Hyundai Rotem elektropoyezdi soatiga 260 km tezlikkacha harakatlana oladi va 390 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Poyezdda uch xil klass mavjud hamda mahalliy iqlim sharoitlariga moslashtirilgan — u chang, qum bo‘ronlari va keskin haroratlarga bardosh bera oladi.