Orbis Group Toshkentda yangi formatdagi Porsche flagman markazini ochmoqda

E’lon qilingan sana· 112
Orbis Group Toshkentda yangi formatdagi Porsche flagman markazini ochmoqda

Toshkentda yangi formatdagi Porsche Centre Tashkent ochildi. Yangi Porsche makonida endi nafaqat brendning yangi modellari bilan tanishish, balki raqamli konfigurator yordamida avtomobilni o‘zingizga moslab yig‘ish ham mumkin.

Toshkentda yangi formatdagi Porsche dilerlik markazi ochilmoqda. Ushbu obyekt Markaziy Osiyoda brendning yangi global konsepsiyasi — Destination Porsche asosida qurilgan birinchi markazlardan biri. Yangi flagman markaz Orbis Cars Premium bo‘linmasi tomonidan Porsche Central and Eastern Europe bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Markazning ishga tushirilishi konsultatsion studiya formatidan to‘liq xizmat ko‘rsatish sikliga o‘tishni anglatadi. Endilikda O‘zbekistondagi mijozlar uchun nafaqat avtomobil savdosi, balki yuqori texnologiyali servis, jumladan, elektromobillarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari ham mavjud.

Konsepsiya va makon

Yangi Porsche Centre Tashkent mintaqaning chakana savdo segmentidagi yirik va ambitsiyali arxitektura loyihalaridan biriga aylandi. Flagman markaz 1 gektar hududda joylashgan bo‘lib, binoning umumiy maydoni 4000 kv.mni tashkil etadi.

Destination Porsche konsepsiyasi dilerlik markazi formatini o‘zgartiradi: u oddiy savdo nuqtasidan brend egalari va muxlislari uchrashadigan makonga aylanadi. Binoning dinamik fasadi Porsche’ning sport ruhini aks ettiradi, ichki makon esa turli tematik zonalarni birlashtiruvchi “Racing Line” (poyga chizig‘i) atrofida tashkil etilgan.

Interyer Germaniyaning “Oberhaizinger” byurosi tomonidan ishlab chiqilgan mebellar bilan jihozlangan. Har bir detalning puxta ishlangani yuqori ergonomika va Porsche global standartlariga mos estetikani ta’minlaydi. Trison xalqaro agentligi tomonidan yaratilgan multimedia ekotizimi interyerga uyg‘un tarzda integratsiya qilingan: raqamli yechimlar va audiovizual kontent brend bilan muloqotni intuitiv va zamonaviylashtiradi.

Alohida e’tibor shaffoflikka qaratilgan: servis zonasi mijozlar hududidan shisha devor bilan ajratilgan bo‘lib, mehmonlar avtomobillarga xizmat ko‘rsatish jarayonini kuzatishi mumkin.

Markaz infratuzilmasi va imkoniyatlari:

  • shourum (800 kv. m): bu yerda Porsche’ning dolzarb modellari va yangiliklari, shuningdek, aksessuarlar zonasi taqdim etilgan;
  • servis zonasi (1100 kv. m): beshta ish posti va tezkor diagnostika uchastkasidan iborat bo‘lib, global standartlar asosida ishlaydi;
  • elektromobillar: shourumda E-Performance zonasi mavjud bo‘lib, unda Porsche’ning yangi elektromobili namoyish etilgan. Servis hududida batareyalarni ta’mirlash posti mavjud, tashqarida esa zaryadlash infratuzilmasi o‘rnatilgan: 2 ta tezkor (DC) va 10 ta AC zaryadlash nuqtasi;
  • personallashtirish: lounge hududida mijozlar raqamli konfigurator orqali avtomobil komplektatsiyasini batafsil sozlashi mumkin.

“Porsche Centre Tashkent ochilishi muhim strategik bosqichdir. Markaziy Osiyo bugungi kunda eng jadal rivojlanayotgan bozorlardan biri bo‘lib, bunday darajadagi flagman markazning ishga tushirilishi bizning uzoq muddatli rejalarimizni tasdiqlaydi”, — dedi Porsche Central and Eastern Europe bosh direktori Michael Kirsch.

“Biz oddiy avtosalon emas, balki muloqot uchun makon yaratdik. O‘zbekistondagi har bir Porsche egasi brend bilan bevosita aloqani his qilishi va eng yuqori darajadagi servisni olishini xohlaymiz”, — deya ta’kidladi Orbis Cars Premium bosh direktori Vyacheslav Gusev.

Porsche Centre Tashkent eshiklari allaqachon mijozlar va brend muxlislari uchun ochiq.


Orbis Group — ko‘p tarmoqli holding va Qozog‘istondagi yirik avtomobil reteyllaridan biri. Kompaniya avto biznes, neft servisi, agro sanoat, qurilish, HoReCa va boshqa sohalarda yuqori o‘rinlarni egallaydi. Orbis Group xalqaro faoliyatini faol kengaytirmoqda: kompaniya O‘zbekiston bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib, global brendlarni taqdim etmoqda, shuningdek, AQShda ham biznes yo‘nalishlarini rivojlantirmoqda.

Orbis Cars Premium — O‘zbekistondagi Porsche’ning rasmiy importyori bo‘lib, Orbis Group tarkibiga kiradi.

Telefon: (+998) 71−205−2-911.
Manzil: Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, “Yangi O‘zbekiston” bog‘idan 2,5 km uzoqlikda.

Facebook: fb.com/PorscheUzbekistanOfficial
Instagram: @porsche_uzbekistan_official_
Telegram: t.me/porscheuzbekistanofficial

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling