O‘zbekistonliklar 9-may munosabati bilan necha kun dam oladi?

E’lon qilingan sana· 76
O‘zbekistonliklar 9-may munosabati bilan necha kun dam oladi?

9-may — Xotira va qadrlash kuni shanba kuniga to‘g‘ri keladi. Shu sababli dushanba, 11-may qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi. Amaldagi Mehnat kodeksiga ko‘ra, agar rasmiy bayram dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, u holda dam olish kuni keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.

Shunga ko‘ra, ish haftasiga qarab dam olish kunlari quyidagicha bo‘ladi:

Besh kunlik ish haftasi uchun:

  • 9-may (shanba) — bayram kun
  • 10-may (yakshanba) — dam olish kuni
  • 11-may (dushanba) — qo‘shimcha dam olish kuni

Olti kunlik ish haftasi uchun:

  • 10-may (yakshanba) — dam olish kuni
  • 11-may (dushanba) — qo‘shimcha dam olish kuni

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling