Toshkent markazidagi koʻchalarning bir qismi yopildi

E’lon qilingan sana· 179
Toshkent markazidagi koʻchalarning bir qismi yopildi

Toshkent shahridagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi oldidagi maydonga tutash ayrim ko‘chalarda transport harakati 11-mayga qadar cheklandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

7−9-may kunlari kutubxona qarshisidagi maydonda “Tashkent Flowers Fest — 2026” gullar bayrami boʻlib oʻtadi. Shu munosabat bilan quyidagi hududlarda harakat cheklangan:

  • Zarafshon ko‘chasining “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi qo‘riqlash punkti va Mustaqillik shoh ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
  • Istiqlol ko‘chasining Amir Temur shoh va Buyuk Turon ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
  • Buyuk Turon ko‘chasining Istiqlol ko‘chasi kesishmasidan Yoshlar ijod saroyigacha bo‘lgan qismi.

Haydovchilarga ushbu davrda muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya etilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Toshkent markazidagi koʻchalarning bir qismi yopildi — Toshkent Afishasi