Toshkentda Brodvey va uning atrofidagi hududlar ta'mirlanadi
E’lon qilingan sana: · 150

Toshkentdagi Sayilgoh koʻchasidagi (Brodvey) piyodalar yoʻlakchasini va uning atrofidagi hududlarni — xiyobon, yashil hududlar va piyodalar yoʻlaklarini ta’mirlashni rejalashtirilmoqda. Loyiha doirasida hududni kompleks obodonlashtirish ko‘zda tutilgan: bu yerda yo‘l qoplamalari yangilanadi, piyodalar yo‘laklari yaxshilanadi va hudud barcha uchun, jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ham qulaylashtiriladi.
Loyiha doirasida quyidagilar ko‘zda tutilgan:
- yo‘l va piyodalar yo‘laklari qoplamasini yangilash;
- yoritish tizimini modernizatsiya qilish;
- o‘rindiqlar, chiqindi qutilari, yoritish uskunalari va boshqa kichik me’moriy shakllarni o‘rnatish;
- favvoralarni rekonstruksiya qilish;
- peshlavha va reklamalarni yagona dizayn-kod talablariga muvofiq tartibga solish;
- noqonuniy va tartibsiz qurilmalarni demontaj qilish va savdoni tartibga solish;
- video kuzatuv va monitoring tizimlarini joriy etish;
- 1000 tupdan kam bo‘lmagan yangi ko‘chatlarni ekish.
Ta’kidlanishicha, ko‘cha rassomlari va ijodiy jamoatchilik vakillari ushbu makonning bir qismi bo‘lib qolaveradi. Loyihaning maqsadi shaharning asosiy sayilgohlaridan birini yanada zamonaviy, ko‘kalamzor va xavfsiz maskanga aylantirishdir.